«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Jyul Kunde haqida gapirdi. Nemisning fikricha, fransiyalik himoyachi o‘zini haddan tashqari professional tutadi.
«Ehtimol, siz Kundandan dam olishni so‘rarsiz?» – dedi Flik hazil bilan jurnalistga. «Men ilgari hech qachon bunday futbolchiga duch kelmaganman. O‘yindan keyin ham u mashg‘ulot o‘tkazmoqchi. Bu normal emas. Men unga «Bugun faqat tiklanish» deb aytaman. Va u maydonda ishlamoqchiman, deb javob beradi. U ajoyib professional va o‘z formasiga katta e’tibor beradi. Siz bundaylarni tez-tez uchratmaysiz».
«Barselona» La Liganing navbatdagi o‘yinini 28 sentyabr, shanba kuni safarda «Osasuna»ga qarshi o‘tkazadi.