Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" Indzagi variantini ham ko‘rib chiqmoqda

"MYU" Indzagi variantini ham ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Erik ten Xag yaqin kelajakda "Manchester Yunayted"dagi ishidan ayrilishi mumkin. Jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli niderlandiyalik mutaxassis bosim ostida. Mish-mishlarga ko‘ra, ten Xagning iste’fosi bo‘yicha qaror oktyabr oyidagi terma jamoa o‘yinlari uchun tanaffus vaqtida qabul qilinishi mumkin.

Transfer News Live nashrining Daily Star nashriga tayanib xabar berishicha, agar ten Xag iste’foga chiqarilsa, Simone Indzagi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga jiddiy nomzod bo‘ladi.

Hozirda ushbu mutaxassis "Inter"ga ustozlik qilmoqda. "Manchester Yunayted" ayni damda APL turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 16:24, 30.09.2024.
O'qildi: 1405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик