Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

«Real» La ligani ayblab chiqdi

«Real» La ligani ayblab chiqdi

Baho:
+ | -

«Real» Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Atletiko"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Madrid derbisida yuz bergan voqealar yuzasidan La ligani ayblab chiqdi.

«Atletiko» – «Real Madrid» bahsi paytida (1:1) mezbon jamoa muxlislari Tibo Kurtuaga turli buyumlarni uloqtirishi natijasida o‘yin 15 daqiqaga to‘xtatib qo‘yildi. Mazkur o‘yinga mas’ul bo‘lgan organlar esa muxlislar tomonidan sodir etilgan tartibsizlarni, «Madrid» futbolchilariga nisbatan haqoratlarni bayonnomada aks ettirmadi.

"Real" esa La ligaga maktub yo‘llab, qoidabuzarliklar tegishli bayonnomalarda aks ettirilmaganidan norozi ekanini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, muxlislar Vinisiusni "maymun" deya haqorat qilishgani, Kurtuaga esa "O‘lib ket!", deya baqirishgani bayonnomalarga kiritilmagan.

Shuningdek, "Qirollik klubi" futbolchilarini butun o‘yin davomida haqorat qilgan "Frente Atlético" fan-klubiga "Atletiko" o‘yinchilarda uchrashuvdan keyin minnatdorchilik bildirgani "Real" klubiga yoqmadi.

Mazkur voqealar tegishli hujjatlarda aks ettirilmagan bo‘lsa-da, "Real" "Atletiko"ning jazolanishini istamoqda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:58, 01.10.2024.
O'qildi: 5608 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.