Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham «Inter» himoyachisi Benjamen Pavarni terma jamoaga chaqirmaslik qaroriga izoh berdi.
«Pavar o‘z klubida o‘ynamoqda, lekin har bir uchrashuvda emas. U qanday qilib terma jamoaga qaytishi mumkinligini biladi», dedi fransiyalik murabbiy matbuot anjumanida.