Bundan roppa-rosa 22 yil avval, 2002 yilning 7 oktyabr kuni “An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi ilk golini urgan edi.
O‘sha kuni 17 yoshli Ronaldu Lissabonning "Sporting" jamoasi safida "Moreyrense" darvozasiga ikkita gol urdi. Bu Portugaliya chempionati bahsi edi.
O‘shandan beri Krishtianu juda ko‘p gol urdi. Ayni paytda yulduz forvardning professional faoliyatida 905 ta gol bor. Ronaldu avvalroq 1000ta golga erishish istagi haqida gapirgandi.