Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Rossiyalik sportchi Barselonada o‘tkazilgan triatlon musobaqasida cho‘kib ketdi

Rossiyalik sportchi Barselonada o‘tkazilgan triatlon musobaqasida cho‘kib ketdi

Baho:
+ | -

Rossiyalik sportchi Barselona shahrida o‘tkazilgan Ironman triatlon musobaqasi chog‘ida cho‘kib ketdi.

Manbaga ko‘ra, voqea 6 oktyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Suzish boshlanganidan ko‘p o‘tmay suvdan 41 yoshli rossiyalik ayolning hushsiz tanasi topilgan. Mahalliy shifokorlar guruhi sportchini jonlantirishga harakat qilgan, biroq shifokorlarning urinishlariga qaramay, ayol tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan.

Fojiadan bir necha soat o‘tgach, rossiyalik ayolning o‘lim holati bo‘yicha tergov boshlandi.

“Biz sportchining oila a’zolari va do‘stlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va ushbu og‘ir damlarda ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Triatlonchiga tibbiy yordam ko‘rsatishda tezkorlik bilan ishlagan dengiz qutqaruv guruhi, tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilarga minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi turnir tashkilotchilari bayonotida.

Ironman musobaqasi uch bosqichda bo‘lib o‘tadi: O‘rta yer dengizida 3800 m suzish, 180,25 km yo‘lda velosiped haydash va 42,195 km marafon poygasi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:11, 08.10.2024.
O'qildi: 1418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.