Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Asila Mirzayorova: “Tashkilotchilar bittagina urinish berdi. Unda sakray olmay, yugurib o‘tib ketdim”

Asila Mirzayorova: “Tashkilotchilar bittagina urinish berdi. Unda sakray olmay, yugurib o‘tib ketdim”

Baho:
+ | -

Parij Paralimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Asila Mirzayorova musobaqada uchragan qiyinchiliklari haqida so‘zladi.

“Jonli efir musobaqaning faqat boshlangan paytidan olib beradi. Sakrashgacha 32 metr yuguraman-ku, o‘sha “razbeg” deyiladi bizda. Biz bu masofani metrda o‘lchab olishimiz kerak, keyin unga 2-3 marta sakrab ko‘rishimiz kerak. O‘yingohda 5 ming metrga yugurish turniri boshlanib qoldi. Musobaqalar bir vaqtga qo‘yilgan ekan. Stadion juda shovqin edi, men hech narsa eshita olmadim. Tashkilotchilar bittagina urinish berdi. Shunda ham sakray olmadim, yugurib o‘tib ketdim. Murabbiyim ulardan yana bitta “probniy” berishini so‘radi. Ammo vaqt yopilib qoldi. Musobaqa vaqti boshlanib qoldi. O‘shanda bizga hakamlar qizil kartochka ko‘rsatdi. Shunda men “probniy” kerakmas, o‘zim sakrayman, dedim — boshqa ilojim yo‘q edi.

Bizda bir metrlik doska bor. O‘shanga tushishni tekshirvolishimiz kerak. Agar unga yetmasak, kam natija ko‘rsatasiz. Agar undan o‘tib ketsangiz, hisobga olmaydi. Xudoga shukr, bir xil tempda yugurganim uchun yaxshi tushvoldim”, dedi Mirzayorova.

Bundan tashqari, sportchi ikki musobaqa bir vaqtda kelib qolgani qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirganini ma’lum qildi.

“Shu paytda (uzunlikka sakrash musobaqasi payti) 400 metrga yugurish musobaqasi boshlandi. Unda qatnashmayman desam, hakamlar yana qizil kartochka ko‘rsatishmoqchi. Noiloj ikkinchi urinishdan so‘ng yugurib keldim. Ikkita musobaqada ishtirok etish qiyin. Men bittasini tanlashga majbur bo‘ldim. Musobaqada sekin yugurib kuch tejab qoldim va sakrashda davom etdim.

Olimpiadaga 4 ta sport turida lisenziyani qo‘lga kiritdim: 100, 200, 400 metrga yugurish va uzunlikka sakrash musobaqalari uchun. Murabbiy bitta bo‘lsa-da oltin medal olishim kerakligini aytdi, shuning uchun asosiy e’tiborni sakrash musobaqalariga qaratdik”, deydi Olimpiada rekordchisi.

Avvalroq sportchi qanday qilib ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani, hali ham ko‘rish qobiliyatini tiklashga umid qilayotganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Parijdagi musobaqada T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etgan Asila Mirzayorova 5,24 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Unga 200 ming AQSH dollari, Tahoe avtomobili va Toshkent shahridan kottej sovg‘a qilindi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev sportchini “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:16, 08.10.2024.
O'qildi: 2062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.