Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasida mutlaq jahon chempionlik jangi haqida ma’lumotlar

Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasida mutlaq jahon chempionlik jangi haqida ma’lumotlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistonida 12 oktyabr kuni yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun Artur Beterbiyev (WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi) va Dmitriy Bivol (WBA kamari sohibi) jang qiladi.

10 oktyabr kuni bokschilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va ular nigohlar to‘qnashuvida ishtirok etdi.

Qayd etib o‘tishimiz kerak, Beterbiyev va Bivol 1 iyun kuni to‘qnash kelishi lozim edi, biroq Artur jarohat olgani bois, jang qoldirilgandi. Natijada, Bivol Malik Zinadga qarshi jang qilib, uni 6-raundda nokautga uchratdi.

Bivol 23 ta jangining 23 tasida g‘alaba qozongan (12 tasi nokaut bilan). Beterbiyev ham janglarining barchasida zafar quchgan.

Ar-Riyodning Kingdom Arena stadioni ushbu jangga mezbonlik qiladi. Avvalroq ushbu stadionda Fyuri—Ngannu, Fyuri—Usik janglari bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, Bivol, Entoni Joshua va Deontey Uaylder ham ushbu arenada jang qilgan.
Foto: Getty Images

Jang oldidan Artur Beterbiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Menimcha, biz ko‘p gaplashib yubordik. Hammasini amalda hal qilish kerak bo‘lgan-da, nega kerak buncha gapirish. Jang payti nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Ular meni tanladi. Hozircha, Saul Alvares yoki boshqa kimdir meni qiziqtirgani yo‘q”.

Dmitriy Bivol ham jangdan oldingi fikrlarini bildirdi:

“Raqiblarim haqida o‘ylaganda, ulardan hayratlanaman. Biri chempion, boshqasi esa yengilmas. Nega asabiylashishim kerak? Artur — katta chempion, unda menga kerak bo‘lgan hamma narsa bor.

Ajoyib bokschi bilan ringni bo‘lishaman. Jangning bir necha ssenariysi bor. Lekin Beterbiyevga qarshi juda katta va yaxshi lager tashkil qildik”.
Foto: Getty Images

Hozircha ushbu jangni O‘zbekistonda rasmiy translyasiyasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. ESPN+ hamda DAZN platformasida ushbu jangni tomosha qilish mumkin.

12 oktyabr kungi oqshomda jang qiluvchi juftliklar bilan tanishing:

Artur Beterbiyev (20-0, 20 KO), Rossiya — Dmitriy Bivol (23-0, 12 KO), Rossiya
Shakur Stivenson (22-0, 10 KO), AQSH – Jo Kordina (17-1, 9 KO), Britaniya
Kris Yubenk (33-3, 24 KO), Britaniya – Kamil Sheremeta (25-2-2, 8 KO), Polsha
Fabio Uordli (17-0-1, 16 KO), Britaniya – Freyzer Klark (8-0-1, 6 KO), Britaniya
Jey Opetayya (25-0, 19 KO), Avstraliya – Jek Massi (22-2, 12 KO), Britaniya
Ben Uittaker (8-0, 5 KO), Britaniya – Liam Kemeron (23-6, 10 KO), Britaniya
Skay Nikolson (11-0, 1 KO), Avstraliya – Reyven Chapmen (9-0, 2 KO), Britaniya
Muhammad Al-Oqil (0-0, 0 KO), Saudiya Arabistoni – Xesus Gonsales (3-2, 0 KO), Kolumbiya.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:32, 12.10.2024.
O'qildi: 1630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.