Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

«Real» Karvaxalga o‘rinbosar topdimi?

«Real» Karvaxalga o‘rinbosar topdimi?

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Dani Karvaxalni jarohat sabab mavsum oxirigacha yo‘qotdi. Futbolchi yaqinda tizzasidan og‘ir jarohat olib, operasiya qilindi.

Vaziyat "Los-Blankos"ni qishki transfer bozoriga yangi o‘ng qanot himoyachisi uchun kirishga majbur qilishi mumkin. Madridliklar anchadan beri «Liverpul»dan Trent Aleksandr-Arnoldga qiziqish bildirishgan, ammo «B» rejasi ham bor. "Tuttosport" xabariga ko‘ra, «Yuventus»dan Andrea Kambyaso ham «Real»ning radarida.

Andrea Kambyasoning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali mutaxassislari 24 yoshli futbolchini 25 million yevroga baholamoqda. Andrev himoyaning ikkala qanotida o‘ynashga qodir.

Kiritildi: 19:26, 12.10.2024.
O'qildi: 2306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.