Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA Millatlar ligasining 3-turida Polshaga qarshi o‘yindagi g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirdi. Hujumchi uchrashuvning 37-daqiqasida gol urdi, bu gol uning faoliyatidagi 906-goliga aylandi.
"Millatlar Ligasidagi muhim g‘alaba. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat, biz oldinga intilamiz!" — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.
Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda 906 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi.