Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Qayta qaytgan qariyalar

Qayta qaytgan qariyalar

Baho:
+ | -

34 yosh - darvozabon uchun hukm emas. Shunday bo‘lsada, avgust oyida Voysex Shesni o‘z faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergandi.

Keyinchalik faxriy posbon «Barselona»ga bo‘lgan hurmati yuzasidan oktyabr oyida bir yillik muddatga faoliyatini tiklashga qaror qilganligini tasdiqladi: «Ha, hozir «Barsa»ga o‘tish xususida muzokara olib boryapman. Bu variantni muhokama qilmaslik klubga nisbatan hurmatsizlik bo‘lardi. «Barselona» - dunyodagi eng yaxshi klubdardan biri».

Kataloniya grandi og‘ir jarohat tufayli Mark-Andre ter Shtegenning xizmatlaridan judo bo‘ldi, lekin uning o‘rniga munosib o‘rindoshni topa oldi. Xo‘sh, avvaliga faoliyatiga nuqta qo‘yib, yana yashil maydonga qaytgan futbolchilarga qanday dalillar sabab bo‘lgan? Keling, eslashga urinib ko‘ramiz.

Romario

Beqarorlik, o‘zgaruvchanlik nima? Buni o‘z faoliyatini 5 marta yakunlab, yana qaytgan braziliyalik afsonadan so‘rang. Ha, ha, ishonavering, 58 yoshli Romario so‘nggi marta shu yil yashil maydonga qaytgan futbolchi! «O‘ylaymanki, bugun avvalgiga nisbatan yaxshiroq natijalarga erishgan bo‘lardim. Chunki hozirgi o‘yinchilarning zehni past, juda ko‘p yugurishadi. Mening davrimda ham jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratilgan, futbol doimo shunday bo‘lgan, lekin futbolchilar mahoratli va aqlliroq bo‘lishgan. Yoshlikka qaytishning iloji bo‘lganida, 2000tadan ko‘proq gol urardim», - qahramonimizga tegishli sitata. Afsonaviy hujumchi Karioka shtatining 2-ligasida to‘p suradigan «Amerika» klubi prezidenti. Tez orada u o‘zi bilan bir yillik shartnomani imzolab, 31 yoshli o‘g‘li Romarinyo bilan yonma-yon to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Seleksiya mo‘’jizasi, o‘zgacha emas. «Istagan paytimda o‘ynayman, istagan paytimda ketaman. Agar bu murabbiyga yoqmasa, ishdan bo‘shataman. Agar futbolchi to‘pni menga uzatmasa, jarimaga tortaman», - Romarioning hazil aralash xulosasi shunday.

Edvin van der Sar

Niderlandiyalik afsona 40 yoshgacha to‘p surgan. 2016 yilda 45ga chiqqanida esa, asosiy darvozabonsiz qolgan «Nordveyk» havaskorlar jamoasiga yordam berish maqsadida bir marta maydonga tushgan. Futboldagi faoliyatini Edvin aynan shu jamoada boshlagandi. «To‘la qonli qaytish xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Ochig‘ini aytganda, menga shunchalik e’tibor berishlarini kutmagandim. Bu haqda mahalliy jurnalistlar yozishsa kerak, deb o‘ylasam, hatto Xitoydan ham kelishdi», - degandi posbon kamtarlik bilan. Kambek uddalandi: van der Sarning penaltini qaytarishi evaziga «Nordveyk» «Yodan Boyz» bilan jangovar (1:1) durang­ga imzo chekdi. To‘g‘ri, YECHLning finali emas, lekin Edvin ishonchni oqladi.

Rivaldo

Bu afsonaning taqdiri ham Romarionikiga o‘xshash. Faqat faoliyatini tiklash davri o‘zgacha - 42 yoshda. Rivaldo Gresiya, O‘zbekiston va Angolada to‘p surib, sermahsul o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan. So‘nggi nuqtani esa Braziliyaning 3-ligasi vakili bo‘lmish «Moji-Mirim»da qo‘ydi va klub prezidenti lavozimini egalladi. Bir yillik tanaffusdan keyin u yana yashil maydonga qaytib, yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi.

Roberto Karlos

2012 yilda «zambarak» laqabli braziliyalik murabbiy bo‘lish maqsadida futbolchilikni to‘xtatgandi. Darhaqiqat, Roberto qisqa vaqt ichida malakali murabbiyga aylanib, «Sivasspor»ni boshqardi va Turkiyada yil murabbiyi unvoniga sazovor bo‘ldi. 2015 yilda uni pul ishlab olish uchun Hindistonga taklif etishdi. Endi Roberto «Deli Dinamos»ni boshqarish bilan cheklanib qolmay, shogirdlari safida to‘p surishni ham boshlab yubordi. Biroq bitta klubda ikkita vazifani ado etish atigi 3ta o‘yinga yetdi. Shundan keyin Roberto futbolchilikni ham, murabbiylikni ham to‘xtatdi.

Rober Pires

Hindiston chempionatining navbatdagi vakili. Jahon va Yevropa chempioni 2011 yilda «Aston Villa» safida risoladagidek to‘p sura olmay, futbolchilik faoliyatini omadsiz yakunlagandek bo‘lgandi. Biroq 3 yildan keyin u Goada paydo bo‘lib, nomdosh jamoa tarkibidan joy oldi. Buni qarangki, 40 yoshli faxriy 8ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va mahalliy liganing kumush medalini qo‘lga kiritdi. Fransiyalik afsona banketni davom ettirish niyatida bo‘lsada, yana maydonga tushish unga nasib etmadi.

Fredrik Yungberg

«Arsenal»ning shvesiyalik afsonasi Yaponiyada «Simidzu S-Pals» jamoasi safida yarim mavsum to‘p surgach, faoliyani nihoyasiga yetkazgandi. 2014 yilda u ham Hindiston sari yo‘l oldi u yerdagilarni futbolchining yoshi ham, o‘yin amaliyotining yo‘qligi ham tashvishlantirmadi. Xullas, Freddi o‘sha davrda Nikolya Anelka boshqaruvida bo‘lgan «Mumbay Siti» safidan joy oldi. Biroq yulduzlar jamoaga yordam bera olmadilar: yakuniy 8-o‘rin mutasaddilarni qoniqtirmadi va ular yulduzlar bilan xayrlashdilar. Darvoqe, Anelka haqida...

Nikolya Anelka

2010 yillarda Hindiston chempionati ko‘plab nomdor futbolchilar e’tiborini tortgandi. Roberto Karlos va Freddi Yungbergdan tashqari, Marko Materassi, Alessandro Del Pyero, Floran Maluda, Yon Arne Riise, Lusio va boshqalar shular jumlasidan. 2014 yilda Anelka «Vest Bromvich»ni tark etib, «Mumbay Siti»ga o‘ynovchi murabbiy maqomida o‘tgandi. Uning murabbiy rolidagi omadsizligi zikr etildi. Yashil maydonga u 13 marta maydonga tushib, jamoasiga 2ta gol hadya etdi. Biroq bu gollar yordam bermadi.

Fernando Moryentes

2010 yilda faoliyatini yakunlagan futbolchi Qatar va BAAdan kelgan manfaatli takliflardan voz kechib, «Real» yoshlar jamoasida murabbiylik qila boshladi. Uning o‘g‘li bo‘lmish boshqa Fernando Moryentes o‘sha davrda madridliklarni «Santa Ana» farm klubida to‘p surardi. Klub sport direktori Xorxe Antelo YECHLning 3 karra g‘olibiga o‘g‘li bilan yonma-yon to‘p surishni tavsiya etdi. shu tariqa 39 yoshli hujumchi o‘smirlar jamoasida, lekin faqat uy uchrashuvlarida maydonga tusha boshladi. Biroq yarim yildan keyin katta Fernando yashil maydonni butunlay tark etdi.

Ruslan Nigmatullin

Sozanda, biznesmen va futbolchi - 2006 yilda hozir zikr etilgan kasblarning oxirgisi Ruslan uchun kerak bo‘lmay qoldi - u «Terek»ni tark etib, endi futbol o‘ynamasligini e’lon qildi. 31 yoshli darvozabon!? 2 yildan keyin Nigmatullin Rostovning SKA klubiga qaytdi, undan «Lokomotiv 2»ga o‘tdi. Biroq bu jamoada ham omadi kelmadi. Eng noxush omadsizlik Isroilning «Makkabi Axa» klubida yuz berdi: 9ta uchrashuvda 19 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan darvozabon 2009 yilning kuzida futbolni tark etdi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 13.10.2024.
O'qildi: 3537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.