"Barselona"ning sobiq futbolchisi Andres Inyesta 17 yoshli Lamin Yamalning muvaffaqiyati haqida gapirdi.
"Yamalning muhiti unga to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishiga yordam berishi kerak. U 17 yoshda, oldinda butun faoliyati bor va endi u faqat maktab maydonchasida o‘ynayotgandek erkinlik hissi bilan futboldan zavqlanishda davom etishi kerak", - dedi sobiq futbolchi.
Lamin Yamal bu mavsumda “Barselona” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.