Tomas Tuxel Angliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Nemis mutaxassisi ishga darhol emas, balki 2025 yilda kirishadi. O‘zining birinchi matbuot anjumanida Tuxel afsonaviy Pelening so‘zlarini esladi.
«Buyuk Pele aytgan edi: «Uembli - futbolning yuragi, poytaxti va ibodatxonasidir». O‘ylaymanki, u mutlaqo haq edi», - dedi Tuxel jurnalistlarga.