Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

"River Pleyt" - eng sermuxlis klub!

"River Pleyt" - eng sermuxlis klub!

Baho:
+ | -

Hozircha Amerika kubogi va Yevropa chempionati g‘oliblari - Argentina hamda Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasida bo‘lishi ko‘zda tutilgan o‘yin (Finalissima)ning sanasi ham, rejasi ham mavhum.

Hattoki, qit’alararo jangning bo‘lish-bo‘lmasligi ham noma’lum. Lekin Argentina tomoni o‘z variantini ilgari surgani haqida xabarlar yo‘q emas. Unga ko‘ra, Janubiy amerikaliklar italyanlarni «Monumental» arenasida qabul qilishga tayyorlar. Gap «River Pleyt» klubining sig‘imi 84,5 mingga teng uy stadion haqida ketmoqda. Boshqacha ta’riflasak, «Monumental» sayyoramizda eng ko‘p muxlis to‘playotgan stadiondir. Shuningdek, u sig‘imi bo‘yicha Janubiy Amerikada 1-o‘rinda turadi.

Ha, hayron qolmang, «River Pleyt» o‘yinlariga hattoki, Dortmund «Borussiya»si bahslariga nisbatan ham ko‘proq muxlis tashrif buyuradi. Darhaqiqat, ko‘pchilik «Signal Iduna Park»ni eng ko‘p muxlis to‘playdigan arena sifatida biladi. Ammo bunday emas ekan. Qisqasi, muxlislarning o‘rtacha tashrifi bo‘­yicha kuchli 10ta stadionning 8tasi Yevropada joylashgan bo‘lsada, yetakchilik Janubiy Amerika futboli vakili tomonida. «Monumental» arenasining rasmiy hujjatlarda ko‘rsatilgan sig‘imi - 84567. Diqqat qiling, bu «dosh­qozon» deyarli hamisha 100 foiz to‘ladi! Har holda, mavsum-2023/2024da eng ko‘p muxlis to‘plagan arenalar ro‘yxatida qayd etilgan raqamlar shundan dalolat bermoqda. Dortmund «Borussiya»si esa reytingning 2-qatorida, albatta. Diqqatga sazovor tomoni, avvalgi mavsum o‘rtacha hisobda eng ko‘p muxlis jalb etgan 10ta klubning 8tasi Yevropa va 1tasi Janubiy Amerika vakili bo‘lsa, yana biri Osiyodan - «Traktorsozi» (Eron). Ushbu jamoa Tabrizda joylashgan «Yodgori Imom» arenasida o‘ynaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot berilishicha, oxirgi 2 yil ichida «River Pleyt»ning atigi 2ta uy uchrashuvida «Monumental» tribunalari liq to‘lmagan, xolos. Aniqroq aytsak, 2023 yilning fevralida bo‘lgan «Arsenal Sarandi»ga qarshi bahsni 82 ming muxlis kuzatgan bo‘lsa, noyabr oyida «Instituto» bilan o‘yinga «atigi» 50 ming kishi tushgan. Buning sababi shuki, oxirgi turdan o‘rin olgan ushbu uchrashuv amalda hech narsani hal qilmasdi. Yana bir katta fakt: «River Pleyt» butun o‘tgan mavsum davomida autsayderlar qatorida yurdi, shunga qaramay, jonkuyar muxlislar jamoani sira yolg‘izlatib qo‘yishmadi. Ko‘pchilik Argentinada katta mavqega ega «Boka Xuniors»ning kuchli 10talikda emasligidan hayron qolishi mumkin. Bunda hammasi oddiy: jamoaning uy arenasi - «Bombonera» 57 ming muxlisga mo‘ljallangan. Xullas, «Boka» har doim tribunalari to‘la arenada o‘ynaydi, ammo uning sig‘imi tarixiy raqib - «River Pleyt» sta­dionikidan ancha kam.

Aytish kerak, «Monumental» - buyuk stadion! Uning birinchi chizmalari 1936 yili paydo bo‘lgan ekan. O‘shanda klubning afsonaviy prezidenti Antonio Vespuchio Liberti stadion uchun Belgrano tumanidan yer hududi sotib olgan. Hududning qolgan qismi esa Buenos-Ayres shahar munisipaliteti tomonidan sovg‘a sifatida berilgan. Oradan atigi 2 yil o‘tgach, asosiy qurilish ishlari yakuniga yetadi va Urugvayning «Penyarol» klubiga qarshi kechgan ochilish o‘yi­niga 120 ming (!!!) muxlis tushadi. Ha, ha, o‘sha payt stadion sig‘imi ancha baland edi. Darvoqe, «River Pleyt» ulkan arenadagi ilk o‘yinni 3:1 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, 120 ming muxlisga munosib javob bergan. 1958 yilga kelibgina «Monumental» to‘liq qurib bitkaziladi. Bunga klub prezidenti Enrike Pardo davrida Omar Sivori transferi uchun «Yuventus»dan 10 million peso olingani imkon bergandi. 1978 yilgi Argentina mundiali oldidan stadionlarni modernizasiya qilish uchun katta mablag‘ ajratiladi. Jumladan, «Monumental»da ham keng ko‘lamli ishlar olib boriladi. Xullas, «River»ga to‘liq rekonstrusiya uchun kredit beriladi va arena sig‘imi 85 ming­ga tushiriladi. Shundan keyin ham «Monumental» tez-tez o‘zgartirildi: sig‘imi goho oshirildi, goho kamaytirildi. Oxirgi rekonstruksiya ishlari esa 2023 yili olib borildi.

 A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:59, 18.10.2024.
O'qildi: 992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.