Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodovning (27-8-0) navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Murodov 23 noyabr kuni Polshaning Loj shahrida tashkil etiladigan MMA bo‘yicha Fame 23 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga turnirda Shimoliy Irlandiya vakili, sobiq UFC jangchisi Norman Park (32-7-1) raqiblik qiladi.

O‘rta vazn toifasida tashkil etiladigan to‘qnashuv 3 raund etib belgilangan. Jang ko‘rgazmali maqomda o‘tkaziladi.

Mahmud Murodov so‘nggi jangini 21 sentyabr kuni Oktagon 61 turniri doirasida o‘tkazdi. O‘rta vazn toifasidagi Murodovga angliyalik Skott Askhem raqiblik qildi. To‘liq davom etgan jangda Murodov ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi.

Norman Park 2012—2016 yillar davomida UFC’da 9 ta jang o‘tkazib, 5 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov UFC’da 7 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Uning so‘nggi jangi o‘tkazilmagan deb topilgan. May oyida UFC Murodov bilan shartnomani bekor qilgan. Bunga sportchining ketma-ket janglari bekor qilingani sabab bo‘lishi mumkin.

Murodov joriy yilning iyun oyida Octagon MMA ligasi bilan shartnoma imzoladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:40, 19.10.2024.
O'qildi: 1662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.