"Bayer" Stokgolmda Kilian Mbappe bilan ta’tilda bo‘lgan Nordi Mukiyeleni jazolamaydi.
26 yoshli himoyachi nemis klubida "PSJ"dan ijara asosida o‘ynamoqda.
"Nordi bilan bu haqda qisqacha gaplashdik, u hech qanday jazoga tortilmaydi. U to‘rt kun dam oldi. Men undan Shvesiya safari haqida batafsil so‘ramadim", - dedi "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso.