36 yoshida Robert Levandovski Xansi Flik qo‘l ostida ikkinchi yoshlikni boshdan kechirmoqda. La Liganing 10-turidan o‘rin olgan "Sevilya"ga qarshi o‘yinda "Barselona" hujumchisi bor-yo‘g‘i 15 daqiqa ichida dubl qayd etdi.
Bu dubl Levandovskiga Yevropaning top-5 ligalari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirish imkonini berdi. Endi polshalik eng yuqori darajadagi 366 ta golga ega. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Robert Gerd Myullerni ortda qoldirdi, "Bavariya" afsonasi klubdagi faoliyati davomida 365 ta gol urgan.
Yevropada Levandovski Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan keyin uchinchi o‘rinda turadi.
To‘purarlar ro‘yxatida g‘ururlanish uchun Levandovskiga 463 ta o‘yin kerak bo‘lgan: u Bundesliganing 384 o‘yinida 312 ta gol urgan va La Liganing 76 ta o‘yinida 54 ta gol urgan.
Reytingda peshqadamlik qilayotgan Messi “Barsa” va “PSJ” bilan 578 ta o‘yin o‘tkazib, 496 ta gol urgan. Ronaldu azaliy raqibidan bir gol ortda qolyapti.