Franchesko Kamarda Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh italiyalik futbolchiga aylandi.
"Milan"ning 16 yoshli hujumchisi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turi doirasida "Bryugge"ga qarshi o‘yinda (3:1, ikkinchi bo‘lim) Alvaro Moratani almashtirdi.
"Milan" bitiruvchisi 16 yoshu 226 kunlik. U Brayan Kristantening natijasidan o‘zib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Franchesko 15 yoshu 260 kunligida A Seriya tarixidagi eng yosh futbolchiga aylangandi.