“Aston Villa” hujumchisi Jon Dyuran yana gol urdi.
20 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi o‘yinining 64-daqiqasida Italiyaning “Bolonya” klubi darvozasiga to‘pni yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Ikki daqiqadan so‘ng Unai Emeri kolumbiyalik futbolchining o‘rniga Olli Uotkinsni maydonga tushirdi.
Ayni damda Dyuran bu mavsumda villaliklar safida 7 ta gol urdi, forvard maydonda jami 400 daqiqadan sal ko‘proq vaqtni o‘tkazdi.
Shunday qilib, unga bitta gol urish uchun o‘rtacha 58 daqiqa kerak bo‘lmoqda.