"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix "Barselona" haqidagi savolga javob berdi.
— Shartnomangiz tugagach, "Barselona"ga o‘tasizmi?
— Futbol olamida hech narsani inkor etib bo‘lmaydi, men hozir bu haqda o‘ylamayman.
"Bavariya" bilan shartnomamni yangilash bo‘yicha muzokaralar haqida gapirishni istamayman bu mening shaxsiy ishim hisoblanadi", - dedi Kimmix matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.