Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/12 00:45 Lechche - Yuventus
02/12 01:00 Real Sosyedad 2-0 Betis
03/12 00:45 Roma - Atalanta
03/12 01:00 Sevilya 1-1 Osasuna
03/12 23:00 Malyorka - Barselona
04/12 00:30 Ipsvich - Kristal Pelas
04/12 01:15 Lester - Vest Xem

Shakira 2 yil o‘tsa-da, ajralish jarayoni qiyin kechayotganini ma’lum qildi

Shakira 2 yil o‘tsa-da, ajralish jarayoni qiyin kechayotganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning GQ nashriga bergan yangi intervyusida Shakira Jerar Pike bilan ajrashish jarayoni va sevgi haqida gapirdi.

Kolumbiyalik qo‘shiqchi musiqa unga ayriliqni yengishga yordam berganini ta’kidladi.

"Ayrilishdan keyin ko‘p oylar davomida men qayg‘ularimni yengib o‘tish uchun sukut saqladim. Musiqa yozishni boshlamagunimcha, siqildim. Bu mening davolanish usulimga aylandi. Jarayon bir chiziqda emas: u ko‘tarilish va pasayishlarga to‘la".

Shakira, shuningdek, unga bo‘lgan haqiqiy sevgi egalari bo‘lgan ota-onasi haqida gapirdi.

"Mening ota-onam haqiqiy munosabatlarning eng katta namunasidir. Ularning sevgisi har qanday to‘siqlarni yengib o‘tadi. Ular 50 yildan beri birga. Men onamning otamga xuddi sayyoradagi oxirgi odamga qaragandek qarab turganini ko‘raman va otam ham xuddi shunday javob beradi. Ular hali ham oshiqlar kabi. Otam 93 yoshda va u munosabatlardahech qachon xato qilmaydi.  Ularda shunday muhabbat borki, u barcha sinovlarga bardosh beradi.

Ajralishdagi qiyinchiliklarga qaramay, Shakira ushbu og‘ir davrda uni qo‘llab-quvvatlagan yaqinlari borligini ta’kidladi. “Sevgi bor, lekin faqat tanlanganlar uchun. Bu VIP klubning bir turi bo‘lib, unga hamma ham kira olmaydi. Ba’zilar uning bir qismiga aylanishadi va ular baxtlidir”, deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, Shakira va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Jerar Pike 2010 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati madhiyasiga aylangan Waka Waka (This time for Africa) qo‘shig‘i uchun video suratga olingandan so‘ng uchrashishni boshladilar. Uzoq muddatli munosabatlarga qaramay, er-xotin rasmiy nikohda bo‘lmagan. Ular 2022 yilning yozida ajralishlarini e’lon qildi. Sobiq oshiqlar birgalikda ikkita o‘g‘ilni tarbiyalashmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:43, 24.10.2024.
O'qildi: 3135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.