«Sevilya» darvozaboni Eryan Nyulandga chap oyog‘ida 2-darajali tizza jarohati tashxisi qo‘yildi.
Nyuland 25 oktyabr kuni La Liganing 11-turidan o‘rin olgan «Espanyol»ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olgandi. Eryan 64-daqiqada Alvaro Fernandesga almashtirildi.
Shuningdek, ushbu o‘yinda Loik Bade va Tangi Nyanzu ham jarohat olgan.
Darvozabon 6-7 haftani o‘tkazib yuboradi va dekabrda qaytadi.