Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus 0-3 Lasio
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

Rade Petrovich: «Ikkinchi taymda mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatdik»

Rade Petrovich: «Ikkinchi taymda mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatdik»

Baho:
+ | -

Superligada 22-tur bahslari davom ettirildi. «So‘g‘diyona» jamoasi bu tur safarda «Bunyodkor»ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Birinchi navbatda «Bunyodkor»ni juda muxim palladagi ishlangan bir ochko bilan tabriklayman. Mavsum oxiriga qadar ularga omad tilayman. Ikkinchi o‘rin uchun kurashda davom etamiz. Oldinda bizni yana 4 uchrashuv kutib turibdi.

— O‘z jamoangizning ikkinchi bo‘limdagi o‘yiniga fikr bildirsangiz!?

— Bilasizmi, 15 daqiqada 3 ta imkoniyatga ega bo‘ldik. Biz deyarli o‘yinni nazorat qildik. Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ikkinchi bo‘limda xatto ligadagi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatdik.

— Bugungi uchrashuvdagi hakamlik haqida fikringiz qanday?

— Bu haqida hech narsa demoqchi emasman. Men futbol haqidagi savollarga javob beraman.

— Doriyev anchadan beri gol kiritmayotganining sababi nima?

— Uning o‘zi ham bundan asabiylashmoqda. Vaholanki, mashg‘ulotlarda katta kuch bilan mehnat qilmoqda. Umid qilamanki, so‘nggi turlarda yana gollar urishni boshlaydi.

— «So‘g‘diyona» bu mavsumdagi o‘z potensialini namoyish eta oldimi?

— O‘ylashimcha, hozirgacha mavsumni yaxshi o‘tkazdik. Bizga Shohruh Abdurahmonovning yo‘qligi pand bermoqda. U 5-6 tur bizga yordam bera olmadi. Oldindagi to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonishni rejalashtirganmiz.

— So‘nggi ikki turdagi natijalaringiz chempionlik poygasiga qay darajada ta’sir qildi?

— Biz bugun yaxshi o‘ynadik. OKMK bilan bahsda ham xarakter ko‘rsatdik. 3 bellashuvdan beri shogirdlarim xarakter ko‘rsatib kelmoqda. Shu bois, so‘nggi daqiqalarda gol urib vaziyatdan chiqib ketyapmiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 08:24, 28.10.2024.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик