Klarens Zeedorf “Oltin to‘p”ni topshirish marosimidan oldingi voqealarga va Vinisiusga e’tibor qaratdi.
"Vinisius Junior “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga loyiq. O‘ylaymanki, "Real" va UEFA o‘rtasidagi muammolar futbolchiga loyiq bo‘lgan mukofotdan tashqarida qolishi kerak. Bu sharmandalik”, - dedi “Milan”ning sobiq yarim himoyachisi Klarens Zeedorf.
Oldinroq "Real" Rodrining yaqinlashib kelayotgan g‘alabasidan xabar topgan "Oltin to‘p"ni topshirish marosimiga safarini bekor qilgani ma’lum bo‘lgandi. Vinisius tadbirda qatnashmaslikka qaror qildi, klub va jamoadoshlari uni qo‘llab-quvvatladilar.