«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgach, Rodri «Real Madrid»ning Parijdagi tadbirni boykot qilish qaroriga izoh berdi.
«Bu ularning klubining qarori. Ular o‘z sabablari bilan bu yerda bo‘lishni xohlamadilar. Men buni qabul qilaman. Men bor e’tiborimni klubim, jamoadoshlarim va meni tabriklashdan xursand bo‘lgan odamlarga qaratganman. Hammasi shu», - deya Rodrining so‘zlarini keltiradi jurnalist Adam Patel.