Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Domenek: "Real" juda kichik klub..."

Domenek: "Real" juda kichik klub..."

Baho:
+2 | -

Raymon Domenek "Real Madrid"ning "Oltin to‘p" haqidagi xatti-harakatlarini dahshatli deb atadi.

Ovoz berishda madridliklar vingeri Vinisius ikkinchi bo‘ldi, “Manchester Siti” a’zosi Rodri sovrinni qo‘lga kiritdi. Shu bilan "Real Madrid" delegasiyasi Parijdagi marosimda qatnashmadi.

"Ular "Real Madrid" katta klub, deyishadi va "Real"ning o‘zi ham shunday deyishlarini xohlaydi. Ayni paytda, bu kichik klub ekanligi ma’lum bo‘ldi. Juda kichik! Ularning qilgan ishi mutlaqo achinarli.

Ular futbolga, boshqa gala ishtirokchilariga va g‘oliblarga hurmatsizlik ko‘rsatishdi. O‘zini ajoyib deb da’vo qiladigan klubning dahshatli xatti-harakati.

Kimdir ularga yaxshi ta’riflab berdi: "Real Madrid" natija qanday bo‘lishini bilmaguncha o‘yinni boshlamaydi", deydi sobiq murabbiy.

Kiritildi: 15:39, 30.10.2024.
O'qildi: 3381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик