Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Ilyos Qurbonov: «Kolosovskiyga boshqa jamoadan takliflar bo‘ldi»

Ilyos Qurbonov: «Kolosovskiyga boshqa jamoadan takliflar bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superligada 23-tur yakuniga yetdi. «Metallurg» jamoasi bu tur OKMKga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugungi ikki xil taym ko‘rdik. Birinchi taym o‘rtalarida biroz bo‘shashdik. Raqibda imkoniyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadi. Tanaffusda kerakli ko‘rsatmalarni berdik, ular ikkinchi bo‘limda vaziyatlar yaratishdi, biroq gol ura olmadik. Bizga g‘alaba kerak. Ahvolimizni ko‘rib turibsizlar. 3 ochko uchun harakat qilgan edik, ammo o‘xshamadi. Yigitlarga bor kuchini o‘yinni jangga tashlagani uchun tashakkur.

— Asad Sobirjonov va Balsa Sekulich nega ko‘rinmadi?

— Ikkisida ham jarohat bor edi. Jiddiy emas, ammo ehtiyot bo‘lishga qaror qildik. Ular keyingi bahsda bizga yordam berishadi deb o‘ylayman.

— Kolosovskiydan keyin tanlangan tarkib haqida fikringiz?

— Kolosovskiyga boshqa takliflar bo‘ldi. Do‘stona xayrlashdik. Katta taktik o‘zgarishlar qilganimiz yo‘q. Sxema o‘sha-o‘sha qoldi. Asosan takribda o‘zgarish qildik. Bugun 2007 yilda tug‘ilgan yosh futbolchimizni maydonga tushurdik. Debyut yomon bo‘lmadi. Sekin-asta asosiy tarkibga jalb qilishga harakat qilamiz. Bugungi kunda mashg‘ulotlarda ularni ishtirok etishini yo‘lga qo‘yyapmiz. Maqsadimiz yoshlarimizni o‘ynatish. Bekobod va o‘zbek futboli uchun ularni tarbiyalayapmiz.

— Daler Sharipov yaxshiroq emasmi? Shahzod Ne’matjonov nega asosiy tarkibda o‘ynamoqda?

— Bizda hujum chizig‘i uchun variant ko‘p. Dalerning zaxirada qolishini sababi, kerakli pallada o‘yinni kuchaytirishini istagan edik. Avvalgi turlarda zaxiradan chiqqanlar bu ishni uddalay olmagan edi. O‘ylashimcha, Ne’matjonov ham yomon o‘yin ko‘rsatmadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:23, 04.11.2024.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик