Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Shaxmatchilarimiz Afruza va Nilufar jahon chempionati yetakchilari qatorida

Shaxmatchilarimiz Afruza va Nilufar jahon chempionati yetakchilari qatorida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Braziliyada davom etayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining 6-turi ortda qoldi.

Hamyurtlarimiz Afruza Hamdamova 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida yetakchiga aylangan bo‘lsa, 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida terma jamoamiz a’zosi Nilufar Imomqo‘ziyeva g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biriga aylanib oldi.

6-tur bahslarida Afruza Hamdamova qora donalarda argentinalik Ernestina Adamni 38-yurish holatida taslim etdi. Ushbu g‘alaba evaziga hamyurtimizning ochkolari soni 5,5 taga yetdi va 65 nafar ishtirokchi orasida yakka peshqadamga aylandi.  

14 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchi qizlar orasida hamyurtimiz Nilufar Imomqo‘ziyeva jahon chempionatiga bekorga kelmaganini namoyish etmoqda. Mahoratli shaxmatchi qizimiz ortda qolgan 6 ta turning 5 tasida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 1 tasida durang natija qayd etdi. 

6-turda polshalik Viktoriya Smetanskayani mag‘lubiyatga uchratishi natijasida Nilufar 95 nafar ishtirokchi orasida g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biriga aylanib oldi. Ortda qolgan 6-turda terma jamoamiz a’zosi Javohir Bozorov qora donalarda fransiyalik Virjil Braylga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.  

Bugun jahon chempionatining navbatdagi 7-turida Afruza Hamdamova qozog‘istonlik Elnaz Kaliaxmet bilan, Nilufar Imomqo‘ziyeva gruziyalik Kesari Mgeladze bilan, Javohir Bozorov braziliyalik Kim Pol Mariani bilan kuch sinashadi.  

Manba: uza.uz
Kiritildi: 21:10, 04.11.2024.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик