Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Al-Hilol" KO‘JCHgacha Salohning transferini yakunlamoqchi

"Al-Hilol" KO‘JCHgacha Salohning transferini yakunlamoqchi

Baho:
+ | -

Saudiyaning "Al-Hilol" klubi "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi uchun transferini tezda rasmiylashtirishga umid qilmoqda.

Klublar o‘rtasidagi yangi jahon chempionatining ilk turi kelasi yil yozida AQSHda bo‘lib o‘tadi va “Al-Hilol” FIFA turnirining 32 nafar ishtirokchisidan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari uchun transfer oynasi muddatidan avval – 1 iyundan 10 iyunga qadar ochiladi. Bu jamoalarga Amerikaga o‘z yangi futbolchilarini olib ketish imkonini beradi.

TalkSPORT eksklyuziv xabariga ko‘ra, "Al-Hilol" ushbu davrda "Liverpul" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadigan Salohni qo‘lga kiritishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Saloh 2020 yilda “Liverpul” bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqandi. Misrlik futbolchi "qizillar" bilan birgalikda APL va Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 22:17, 04.11.2024.
O'qildi: 1908 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик