«Liverpul» hujumchisi Luis Dias Chempionlar ligasining umumiy bosqichi doirasida «Bayer»ga qarshi o‘yindan (4:0) keyin o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu o‘yinda 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi.
«Men juda xursandman. «Liverpul» safidagi ilk xet-trigim va faoliyatimdagi ilk xet-trigimga erishganimdan xursandman. Bu men butun hayotim davomida esda qoladigan alohida lahzadir», - deya Diasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.