Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tennis. Ribakina Sobolenkoni mag‘lub etdi, ammo...

Tennis. Ribakina Sobolenkoni mag‘lub etdi, ammo...

Baho:
+ | -
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tennis bo‘yicha yilning Yakuniy WTA turniri davom etmoqda.

WTA reytingida 5-o‘rinni egallab turgan qozog‘istonlik Yelena Ribakina guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi belaruslik Arina Sobolenkoni uch set natijasiga ko‘ra mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi - 6/4, 3/6, 6/1.

Lekin bu g‘alaba Yelena uchun tatimadi. Boisi, u dastlabki ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lib ulgurgandi. Arina esa aksincha, ikki bahsda zafar quchib, muddatidan oldin 1/2 final masalasini hal qilgandi. 

Tennis malikalarining o‘zaro uchrashuvlarida Sobolenko hamon oldinda bormoqda - 6:3. Bir yuz bir daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 4, Ribakina 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. 

Manba: gotennis
Kiritildi: 10:51, 07.11.2024.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик