«Barselona» La Liganing 13-turi doirasida «Real Sosyedad»ga safarda mag‘lub bo‘ldi - 0:1.
Ushbu uchrashuvda Xansi Flik shogirdlari joriy mavsumda ilk bor raqiblaridan ko‘ra ko‘proq ofsayd qayd etishdi. Hakam «Barselona» uchun 4 ta va «Real Sosyedad»ga 3 ta ofsayd qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, 13-daqiqada Robert Levandovskining goli VAR tekshiruvidan so‘ng ofsayd tufayli bekor qilingandi.
«Barselona» ayni damda La Liga turnir jadvalida birinchi, Chempionlar Ligasida esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.