Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi xalqaro turnirda qatnashadi

Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi xalqaro turnirda qatnashadi

Baho:
+ | -

13—17 noyabr kunlari Hindistonning Kalkutta shahrida 6-Tata Steel Chess India turniri bo‘lib o‘tadi.

Ushbu mukofot jamg‘armasi 41500 AQSH dollarini tashkil etadigan turnirda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.

Musobaqa rapid va blis yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi: 9 tur rapid va 18 tur blis.

Ikki yo‘nalishda ham alohida g‘olib aniqlanadi.

Musobaqada Nodirbek Abdusattorovdan tashqari, Magnus Karlsen, Vinsent Keymer, Uesli So, Praggnanandha, Arjun Erigaisi kabi tajribali shaxmatchilar ham qatnashadi.

G‘oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

Rapid yo‘nalishida:

1-o‘rin — 10 ming AQSH dollari;
2-o‘rin — 6 ming AQSH dollari;
3-o‘rin — 3 ming AQSH dollari.

Blis yo‘nalishida:

1-o‘rin — 7,5 ming AQSH dollari;
2-o‘rin — 4 ming AQSH dollari;
3-o‘rin — 2,5 ming AQSH dollari.

Bugun, 13 noyabrdan Nodirbek Abdusattorov bahslarga kirishadi. O‘zbekistonlik shaxmatchi FIDE reytingida 6-o‘rinda bormoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:32, 13.11.2024.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик