"Manchester Yunayted" vingeri Antoni tez orada jamoani tark etishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda "qizil iblislar" tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. 24 yoshli futbolchining klubdagi kelajagi so‘roq ostida va yanvarda mankunianliklar rahbariyati u bilan xayrlashishga harakat qilishi mumkin.
TBR Football xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Antonini "Flamengo"dan 18 yoshli Lorran bilan shartnomaga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Potensial almashinuv tafsilotlari hozircha ma’lum emas.