Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines JCH-2026 saralashida Paragvayga qarshi o‘yinda (1:2) mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.
"O‘ylaymanki, umuman olganda, biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik, to‘pni nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldik. Paragvay ikkita xatomizdan so‘ng o‘z gollarini kiritdi. Biz standart vaziyatlarda yaxshiroq o‘ynashimiz kerak," - deya jurnalist Gaston Edul Lautaro Martinesning izohlarini keltiradi.