Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Kosovolik futbolchi irqchilikdan xunob bo‘ldi

Kosovolik futbolchi irqchilikdan xunob bo‘ldi

Baho:
+ | -

Kosovo terma jamoasi sardori Ruminiya bilan o‘yin atrofidagi vaziyat haqida gapirdi.

Amir Rrahmani UEFAni irqchilikka oid xatti-harakatlarga duch kelgan futbolchilarni himoya qilishga chaqirdi.

Kosovo terma jamoasi kecha Ruminiya bilan o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida maydonni erta tark etdi, chunki mezbon muxlislar “Serbiya, Serbiya!” deya hayqirishdi va Serbiya bayrog‘ini osib qo‘yishdi.

“Tribunalardan tinmay “Serbiya, Kosovo” degan hayqiriqlar eshitilib turardi. Bu 90 daqiqa davomida sodir bo‘ldi.

Qo‘shimcha vaqtda qo‘shiqlar boshqa so‘zlar bilan boshlandi, men buni takrorlamoqchi emasman, chunki bu uyat.

Biz hakamga aytdik, lekin u hech narsa qilmadi. Ikkinchi marta hakam eshitishni istamadi.

UEFA qaror qabul qilishi kerak, chunki biz futbolchimiz, o‘tmishi og‘ir bo‘lgan xalqimizni, mamlakatimiz sharafini himoya qilish uchun bu yerga kelganmiz.

Buyuk urush odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi, qirg‘inlar ko‘paydi. Bu juda ko‘p sodir bo‘ldi. To‘xtang! Hammasi shu yerda tugasin”, - deya xulosa qildi Kosovo sardori.

Kiritildi: 16:32, 16.11.2024.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.