Tomasso Baldansi Italiya U-21 jamoasi bazasini tark etdi. Uning mushaklari biroz siqilib, yaqin soatlarda "Roma"ga qaytmoqchi.
Corrierre dello Sport xabarlariga ko‘ra, Baldansining oyog‘ida ozgina muskul zo‘riqishi bor. Biroq uning Italiya U-21 terma jamoasidan chetlatilishi faqat ehtiyot choralari tufayli sodir bo‘ldi va u xalqaro miqyosdagi o‘yinlardan so‘ng darhol A Seriyada "Napoli"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.