Hozirda "Piza"ni boshqarib kelayotgan taniqli sobiq hujumchi Filippo Indzagi A Seriyaning chempionlik poygasi haqida gapirdi.
"Bu mavsumda chempionlik uchun chinakam keskin kurashni ko‘ryapmiz. Albatta, "Napoli"ning ustunligi bor: jamoa nafaqat a’lo darajadagi tarkib va murabbiyga ega, balki Yevrokuboklarda ham qatnashmaydi. "Inter" va "Yuventus" kabi odatiy da’vogarlar bor, ammo syurpriz ham istisno emas - "Atalanta" ham skudetto uchun kurashishga qodir," - dedi Sky Sportga bergan intervyusida Filippo Indzagi.













