16 noyabr kuni Vengriya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasining 5-turi doirasida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi safarda maydonga tushdi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:4).
O‘yin boshida vengriyalik murabbiylardan biri Adam Salai kasal bo‘lib qolgani uchun o‘yin to‘xtatildi.
Shifokorlar uni uzoq vaqt davolashdi va oradan ma’lum vaqt o‘tgach, uchrashuv yana davom etdi. Vengriya futbol federasiyasi bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi: "Adam Salaining ahvoli barqaror, u hushida edi.
Bir necha daqiqa oldin uni Amsterdamdagi kasalxonaga olib boadi, u yerda tekshiruvdan o‘tadi", – deyiladi xabarda.