Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Top-ligadagi yangi top-murabbiylar

Top-ligadagi yangi top-murabbiylar

Baho:
+ | -

Avstriyalik mutaxassis Oliver Glasner o‘zining yuksak salohiyatini 2022 yilning ma­yida, «Ayntraxt»dagi ilk mavsumidayoq YELda g‘olib chiqish bilan namoyish etgandi.

Bundan avval murabbiy ikki mavsum «Volfsburg»da, to‘rt mavsum LASKda faoliyat yuritgandi. Oliver boy tajribaga ega bo‘lsada, APL vakillari e’tiborini o‘tgan yil qishida o‘ziga jalb etdi va 2023/24 yillar mavsumining yakuniy bosqichida nimaning hisobiga «Kristal Pelas» taniqli jamoaga aylanishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Zerikarli «burgutlar» uning rahbarligida «Liverpul», «MYU» va «Aston Villa» kabi nomdor raqiblarini yenga oladigan yorqin jamoaga aylanishdi. Yakunda «Pelas» mavsumni 14-o‘rindan 10-pog‘onaga ko‘tarilgan holda yakunladi.

Joriy mavsum Glasner jamoasi uchun omadsiz boshlandi - «Brentford» va «Vest Xem»ga imkoniyatlar boy berildi, «Chelsi» bilan durangga imzo chekildi. Bir tomondan, jamoa ayrim yetakchilardan (jumladan, Olisedan) judo bo‘lgandi. Lekin Mateta va Eze ketishmagan, Kamada va Nketia kabi iqtidorlar ular safiga qo‘shilishgandi. Kamtarin jamoa uchun yetarli manfaat bera oladigan ijrochilar.

Mutasaddilar Glasnerning malakasiga shubha qilmaydilar, sozlashning dastlabki bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu yog‘iga, «burgutlar» mavsum davomida kerakli ochkolarni qo‘lga kiritadilar. Oliver esa yanada ko‘proq nufuzga ega bo‘ladi. Ehtimol, yaqin kelajakda biz uni qaysidir top-klubning bosh murabbiyi maqomida ko‘rarmiz.

Enso MARESKA

«Lester»ning sobiq bosh murabbiyi masalasida amalga oshirish kerak bo‘lgan yumushning yarmini «Chelsi»dagi vaziyat hal qiladi. Klub muammolari murabbiyga ham tegishli. Demak, uni ayrim jihatlarni xaspo‘shlash bilan muhokama qilishadi. Ayni pallada - adog‘i yo‘q tartibsizliklar tufayli. Yozgi transfer darchasida «ko‘klar» navbatdagi shov-shuvni ko‘tarishdi. Biroq undan kutilgan samara «Siti»nikidan kam («shaharliklar» Savinyo va Gyundoganni xarid qilishgan).

Klubda o‘yinchilar ko‘payib ketdi, mashg‘ulot jarayonini o‘tkazish juda qiyin. Potter, Lempard va Pochettinolar qiyinchilik bilan amalga oshirgan o‘zgarishlar g‘oyib bo‘lib, jamoa eski holatiga tushib qoldi. Enso pozision hujumni shakllantirishi lozim edi. Lekin hozir faqat qarshi hujum uslubi yagona samarali qurol bo‘lib qolmoqda. Boshqa tomondan, Mareska «ko‘klar» e’tiborini shunchaki qozongan emas. 2018-2019 yillarda u «Vest Xem»da ishlagan, keyin «Siti» tizimiga o‘tgandi. «Parma»dagi qisqa faoliyatdan so‘ng yana «Siti»ga qaytgan murabbiy zimmasiga o‘tgan mavsumda «Lester»ni APLga qaytarish vazifasi yuklatilgandi. Enso buni ilk urinishdayoq uddaladi.

Arne SLOT

Niderlandiyalik murabbiy Liverpulga Kloppning vorisi maqomida keldi. Yurgenning mashaqqatli bosqichdagi mehnati evaziga o‘rindoshi sermahsul jamoani qabul qilib oldi. Bunday vaziyatda Arnedan mustaqil ravishda ish yurita olish qobiliyatini namoyish etish talab etilardi. Yangi murabbiy jamoani olg‘a yetaklay olishi, germaniyalik kasbdoshi ijodidan foydalanish bilan cheklanib qolmasigini namoyish eta boshladi. «qizillar» startdagi 3ta g‘alabaga o‘z darvozalaridan gol o‘tkazmagan holda erishdilar. «Ipsvich»ga qarshi bahsning 1-bo‘limi ishonarli o‘tmagan bo‘lsada, tanaffusdan keyin jamoa maqsadiga yetdi. 3-turda esa, azaliy raqibi - «MYU»ni shunchaki, g‘ajib tashladi (3:0).

Hozircha, Slot bosimga dosh bermoqda - muhimi, ayrim lavhalarda omadsizlikka yo‘l qo‘ymaslik. Shunda «Liverpul» o‘zining porloq kelajagiga shubha qoldirmaydi.

Kiran MAKKENNA

Bu murabbiy xususidagi gap-so‘zlar yozda avjiga chiqdi. Chunki u Chempionship mezoni bo‘yicha o‘rtamiyona jamoa bo‘lgan «Ipsvich»ni elitaga olib chiqqandi. Qizig‘i, «traktorchilar» o‘yin uslubi boshqa jamoalarnikiga o‘xshamaydi, murabbiyning o‘ziga xos uslubi bor. Uning «MYU»dagi 5 yillik faoliyatini inobatga olgan mutaxassislar hozir uni muammolar qurshovida qolgan ten Xag o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritishdi. Shu yo‘sinda 38 yoshli navqiron, lekin malakali murabbiyga bo‘lgan qiziqish kuchayib ketdi. Lekin Kiran hozircha APL­da «Ipsvich»ning muvaffaqiyatini barqarorlik bilan tasdiqlay olgani yo‘q, bu haqda «Ipsvich»ni raqobatbardosh jamoalar safiga olib chiqqanida mulohaza yuritish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, Makkenna jamoani tark etmasligini bayon etdi.

Umuman olganda, binoyidek jamoa. Shunchaki, «traktorchilar» uchun taqvim o‘ta noqulay keldi: 1-turda «Liverpul», 2-turda esa safarda «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinlar. Biroq «Ipsvich» «qizillar»ga qarshi o‘z uslubida dadil to‘p surdi, «shaharliklar»ga qarshi bahsda hisobni ochdi. Keyin «Fulxem» bilan durangga (1:1) imzo chekdi. Hozir «Ipsvich» autsayderlar safida bo‘lsada, ruhiyati tetik - Makkennaning yo‘l-yo‘riqlari ishonch bag‘ishlamoqda.

Fabian XYURSELER

Navbatdagi dam olish kunlarining birida APLning 2 nafar eng yosh murabbiylari o‘zaro kuch sinashadilar. Ya’ni, «Kristal Pelas» «Brayton»ga qarshi maydonga tushadi. «Chaykalar» ustozi kasbdoshidan ancha kichik. 31 yoshli Xyurseler uchun APL va shu jamoaga o‘tish - o‘ta jiddiy sinov. Avvalo, Fabianning yoshi va tajribasi tufayli - bungacha murabbiy 2-Bundesligada «Sankt-Pauli»ni boshqargan va dastlabki mustaqil faoliyatida jamoani elitaga olib chiqqandi. Biroq «Brayton» - o‘zgacha saviyadagi jamoa. U kuchli raqobatga ega ligada to‘p surishidan tashqari, o‘zi ham yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Bu esa eng yosh murabbiy oldiga yangi vazifalarni qo‘yadi - top-chempionatdagi jadal sur’atga dosh berishdan tashqari, o‘tmishdoshi qoldirgan yuksak planka ushlab qola oladimi? 4-turga qadar «Brayton» «MYU»ni mahv etib, «Arsenal»dan ochko tortib oldi. Bu esa Xyurselerning nufuzini oshirdi. Yaqin oylar davomida Fabian muxlislar suyuklisi maqomida yuradi. Axir 31 yoshli murabbiydan kim shunday natijani kutgandi, deysiz.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:26, 17.11.2024.
O'qildi: 1181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.