Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ulug‘bek Rashitov keyingi Olimpiada o‘yinlarida yangi vaznda ishtirok etadi

Ulug‘bek Rashitov keyingi Olimpiada o‘yinlarida yangi vaznda ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Olimpiya o‘yinlarida o‘z nomini zarhal harflar bilan qoldirayotgan taekvondochimiz, ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov yangi siklga yangi rejalar bilan qadam qo‘ymoqda. Bugun uning bu boradagi maqsadlari haqida gaplashamiz.

– Ijtimoiy tarmoqda boshqa vazn toifasiga o‘tashingiz haqida ishora ko‘rdik. Bu haqiqatmi? -80 kg vazn toifasiga o‘tadigan bo‘lsangiz, u yerdagi raqobatni qanday ko‘ryapsiz? O‘zbekiston terma jamoasining o‘zida bu vaznda kuchli yigitlar bor.
– Ha, bu rost. Kelgusi Olimpiya o‘yinlarida -80 kg vazn toifasida ishtirok etmoqchiman. Bu borada rejalarimiz bor. Dastlab -74 kg, so‘ng -80 kg toifasiga ko‘tarilib, reyting ochkolarini jamg‘arishga kirishaman. Bajonidil -68 kg vazn toifasida jang qilishni davom ettirgan bo‘lardim, biroq endilikda ko‘p miqdorda vazn tashlash salomatligim uchun ancha xavfli bo‘lib qoladi. Yoshim bilan barobar vaznim ham yuqorilab bormoqda. Bu tabiiy jarayon. Albatta, o‘zimizda ham bu Olimpiya vaznida kuchli yigitlar yetarlicha. Avvalo, jahon miqyosiga ko‘tarilish uchun ichki raqobatdan o‘tishim kerak.

– Kolleksiyangizda jahon chempionatining oltin medali uchun joy bo‘sh qolmoqda. Uni qachon to‘ldirish niyatidasiz?
– Birinchi imkoniyat bo‘lishi bilanoq. Keyingi jahon chempionatimiz 2025 yil Xitoyda o‘tishi belgilangan. Shuning o‘zidayoq bu maqsadimni amalga oshirish uchun bor kuchimni ishga solaman.

– Bir necha yildan beri shug‘ullanayotgan yosh sportchilarda natija birdan ko‘rinmasligi mumkin. Ularga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?
– Hech qachon mehnat qilishdan to‘xtamaslik kerak. Har bir mag‘lubiyat sportchiga qaysidir ma’noda saboq beradi. Undan to‘g‘ri xulosa chiqara olgan, o‘zi ustida ishlaydigan, murabbiyi bilan raqiblariga to‘g‘ri taktika qo‘ya olgan sportchi, albatta, g‘alaba qozonadi. Mana shu yo‘nalishda kuchli jamoam va murabbiyim borligi mening katta yutug‘im.

Kiritildi: 13:45, 19.11.2024.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.