Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Peru terma jamoasiga qarshi kechgan g‘alabali o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz erishgan narsamizni qadrlashimiz kerak. Martinesning goli? Men Lautaroni bu to‘p bilan tabrikladim. U ajoyib gol urdi. Biz ham xuddi shunday ruhda davom etishimiz kerak", - dedi Alvares terma jamoa matbuot xizmatiga.
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Argentina terma jamoasi hisobida 25 ochko bor. Lionel Skaloni shogirdlari Janubiy Amerikada saralash jadvalida peshqadamlik qilmoqda.