Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Navbahor»ning ko‘plab futbolchilari «Neftchi»ga o‘tadimi? Lushan javob berdi

«Navbahor»ning ko‘plab futbolchilari «Neftchi»ga o‘tadimi? Lushan javob berdi

Baho:
+ | -

Superliganing 25-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” (1:5) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini bellashuv borasidagi fikrlari bilan boshladi.

— Shogirdlarim sifatli va yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Uchrashuv yakuni va natijasidan xursandman.

— Odiljon Hamrobekovning asosiy tarkibda maydonga tushmasligi sababi nimada?
— Bu tabiiy holat. U nafaqat bizda, balki, terma jamoada ham almashtirilmaydigan futbolchi. Jamoaning asosiy futbolchisi bo‘lsa-da, Odilga dam bermoqchi edik, bugun uning xizmatlaridan umuman foydalanmoqchi emasdik. Lekin tarkibimizda muammolar bor edi, to‘rt  nafar futbolchimiz diskvalifikasiya sababli, maydonga tusha olmasdi. Shuning uchun o‘yinga qadar u bilan gaplashib oldik va 15-20 daqiqa o‘ynashini so‘radik.

— Oldingizda tarkibni yoshartirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, bu ishni boshladingizmi?
— Klub strategiyasi shunday bo‘lmoqda. Lekin kelasi yili jamoada kim ishlashini bilmaymiz. To‘g‘ri, ayni damda klubdagilar tarkibni yoshartirishni, klubdan chiqqan futbolchilarni, Superliganing boshqa klublaridagi namanganliklarni “Navbahor”ga qaytarishni reja qilishmoqda. Reja shunday, ammo buni amalga oshira olamizmi, yo‘qmi, bilmaymiz.

— Mish-mishlarga qaraganda “Navbahor”ning ko‘plab futbolchilari “Neftchi”ga o‘tarmish. Bu haqda nima deya olasiz?
— Bo‘lishi mumkin. Lekin mish-mishlar haqida biror aniq gap aytib ham bo‘lmaydi. Bu juda qiyin. Mavsum yakunlanganidan keyin ko‘ramiz. Futbolchilar qayerni xohlashsa, o‘sha yerga intilishadi. Bu kasb, bu hayot. Bu borada biror narsa deya olmayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: navba
Kiritildi: 22:43, 22.11.2024.
O'qildi: 2777 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик