Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Itan Nvaneri 15 yoshida, tag‘in kimsan "Arsenal"da debyut qildi

Itan Nvaneri 15 yoshida, tag‘in kimsan "Arsenal"da debyut qildi

Baho:
+ | -

Angliya yoshlar terma jamoasining sobiq murabbiyi bu futbolchining salohiyati Fil Foden va Koul Palmernikidan kam emasligini ta’kidladi.

«Arsenal»dagi faoliyatining ilk haftasida Mikel Arteta U-16 jamoasi murabbiyi Den Mikkichni o‘z kabinetiga taklif etdi. O‘zaro mulozamatdan so‘ng, Arteta kasbdoshiga yuzlandi: «Eshitishimcha, sizda menga bop o‘yinchi bor ekan...»

Den ispaniyalik murabbiyga nisbatan kattaroq yosh toifasidagi jamoada shug‘ullanadigan 12 yoshli o‘yinchini nazarda tutganligini aytdi. Mikel esa bu haqda ko‘proq ma’lumot olish niyatini bildirdi. Mikkich «Arsenal»dan avval Angliyaning yoshlar terma jamoalari bilan shug‘ullangan va Itanning salohiyatini kasbdoshiga durustroq tushuntirish maqsadida uni Foden va Palmerga tenglashtirgandi.

Nvaneriga qiziqib qolgan Arteta o‘smirning o‘yinlari tushirilgan videolavhani so‘radi.

13 yoshli chog‘ida Itan mavsumni 16 yoshlilar jamoasida o‘tkazdi. 14ga chiqqanida esa, 18 yoshlilar safida to‘p surdi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu mashg‘ulotlar o‘yin sifatiga kafolat bo‘la olmaydi. Juda ko‘p futbolchilar o‘smirlik chog‘larida kattaroq yosh toifasidagi jamoalarda shug‘ullanishgan. Biroq Nvaneri ko‘pchilikda bo‘lmaydigan ajoyib fazilatga ega.

«Uning asosiy ustunligi to‘g‘ri qarorni qabul qilishida. Bu haqda Lyuk Xobbsga («Arsenal» akademiyasi murabbiylar shtabining rahbari), Pyer Mertesaker («Arsenal» akademiyasi rahbari) va Li Xerronga (akademiya jarrohlik bo‘limi rahbari) ma’lumot berganman va 18 yoshlilar jamoasida o‘ynashiga ruxsat olganman. O‘shanda u yaqin kelajakda asosiy jamoaning eng yosh o‘yinchisi maqomida maydonga tushishini aytgandim. Taxminim to‘g‘ri chiqdi. Angliya yoshlar terma jamoasida ishlaganimda, Fil Foden shunday salohiyat sohibi edi», - deydi Mikkich.

Itanning salohiyati hech kimni shubhalantirmadi. «Arsenal» oldida undan imkon qadar samarali foydalanish masalasi turardi. 14 yoshli iqtidorni Angliya yoshlar Kubogi musobaqasiga jalb etish kerak, degan takliflar yuzaga keldi. Biroq yoshga oid cheklovlar bunga imkon bermadi.

Shundan keyin «to‘pchilar» Nvanerining iqtidorini maksimal darajada yuzaga chiqarish rejasini ishlab chiqishga kirishdilar. Itan har haftadan faqat bir kun 18 yoshlilar jamoasi bilan shug‘ullanar, faqat juma kuni unga maktabdan barvaqtroq ketishga ruxsat berishgandi. Shu sababli klub u uchun yoshlar jamoasi murabbiyi Denni Bak bilan maxsus mash­g‘ulotlar o‘tkazishni tashkil etdi. Shu tariqa Nvaneri to‘p bilan muomala qilish va o‘yindagi vaziyatni to‘g‘ri his etish bo‘yicha saboq ola boshladi. «Arsenal» esa uni o‘z tengdoshlari bilan maydonga tushirmaslikka intilib, buning o‘rniga katta yosh toifasidagi jamoalar safida maydonga tushirdi.

15 yoshga chiqqanida Itan ilk marta 21 yoshlilar jamoasi tarkibida maydonga tushdi. Oradan bir necha oy o‘tgach, «Brentford»ga qarshi o‘yinda asosiy jamoadagi debyutini nishonladi. Shunchalik erta debyut ajablantirishi mumkin, lekin «Arsenal» yosh iqtidorning bosh jamoaga o‘tishi imkon qadar bir maromda bo‘lishi uchun bor imkoniyatlaridan foydalandi. Rekord maqomidagi debyutdan keyin, Nvaneri yanada ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keldi. Ma’lumki, uning yulduzlik xastaligiga chalinmasligi yo‘lida Mertesaker hal qiluvchi rol o‘ynagandi. «Nvaneri birinchi marta mashg‘ulot bazasiga kelganida, unga avval mashg‘ulot zalini ko‘rsatdik, keyin asosiy jamoa tomon yo‘l oldik. Bu ajoyib harakat uning bir oz tinchlanib olishiga yordam berdi», - deya xotirlaydi Mikkich.

Bir qator klublarning qiziqishlariga qaramasdan, Nvaneri mart oyida «to‘pchilar» bilan professional shartnomani rasmiylashtirdi. Shundan beri Itan muntazam ravishda asosiy jamoa tarkibida mashq qilmoqda.

Bu futbolchi xususida gap ochilganda, avvalo uning professional yondashuvi tilga olinadi. Akademiyadagi tahsil jarayonida navqiron o‘spirin turli pozisiyalarda to‘p surdi, lekin hech qachon shikoyat qilmadi. U juda yosh davridan boshlab futbol bilan shug‘ullandi. Mertesaker tomonidan yaratilgan akademiya konsepsiyasining 4 ruknidan birida «Arsenal» o‘yinchilari butun hayotlari davomida saboq olishlari kerakligi yozilgan. Qahramonimiz ana shu o‘gitga og‘ishmay rioya qiladigan futbolchilar toifasidan. 14 yoshli chog‘ida u Bukayo Saka, Emil Smit-Rou va Ris Nelsonga asosiy jamoaga ko‘tarilishlarida qanday xislatlar yordam berganini bilish maqsadida, murabbiylardan ularning o‘yinlari videotahlilini so‘ragandi.

«Manavi ikki futbolchi o‘ta tirishqoq va talabchan yigitlar. Ular hamma narsani bilishni istaydilar. Ularga qancha ko‘p ma’lumot berilsa, shuncha kam. Ular imkoniyatni ko‘rishlari bilan, ikki qo‘llab unga yopishadilar. Ular bilan ishlash juda maroqli», - degandi Arteta Nvaneri va uning akademiyadagi sherigi Maylz Lyuis-Skelli haqida «Bolton»ga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida.

Nvaneri uchun dastlabki to‘laqonli debyut kutilganidan ham muvaffaqiyatli chiqdi. Liga Kubogi turnirining 1|16 finalida «to‘pchilar» «Bolton»ni 5:1 hisobida mahv etishdi, 90 daqiqa o‘ynagan qahramonimiz esa debyutni dubl bilan nishonladi. Aftidan, Itan uchun jiddiyroq raqiblarga qarshi startda maydonga tushish vaqti keldi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:15, 23.11.2024.
O'qildi: 363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.