Kirish Ro'yxatdan o'tish

Uolker: "Siti" jamoa sifatida ishonchni yo‘qotdi"

Uolker: "Siti" jamoa sifatida ishonchni yo‘qotdi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uolker Angliya chempionatining 12-turida "Tottenxem"dan qabul qilingan yirik hisobdagi mag‘lubiyat (0:4) haqida fikr bildirdi.

"Bu yerda turib, nima bo‘lganini to‘liq anglamagan bo‘lsangiz, bu haqda gapirish qiyin. Ammo men chempionlikni qo‘lga kiritganimizda shu yerda (muxbirlar oldida) turdim, shuning uchun mag‘lubiyatdan keyin ham shu yerda turaman.

O‘tkazib yuborilgan gol himoyachi bo‘lishning eng yoqimsiz tomoni. Men gol urish haqida o‘ylamayman. Men darvozani golsiz saqlashga haqida qayg‘uraman.

Anchadan beri g‘alaba qozona olmaganimiz uchun jamoa bo‘lib ishonchni yo‘qotdik. Biz nimaga erishganimizni eslashimiz kerak. Biroq, endi bu hech narsani anglatmaydi, u allaqachon o‘tmishda va tarixga aylandi", dedi Uolker.

Kiritildi: 08:35, 24.11.2024.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик