Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Milan" muxlislari norozi bo‘lishdi

"Milan" muxlislari norozi bo‘lishdi

Baho:
+ | -

"Milan" muxlislari jamoaning "Yuventus" bilan bahsdagi o‘yinidan norozi bo‘lishdi.

"San-Siro" stadionida A Seriyaning 13-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va durang (0:0) bilan yakunlandi.

Final hushtagi yangragach, milanlik muxlislar jamoaga norozilik bildirishdi. Himoyachi Emerson Royal ikkinchi bo‘limda Kenan Yildizga qarshi yomon o‘yin ko‘rsatganidan so‘ng, zaxiraga olinishi chog‘ida hushtakbozlikka uchradi.

Paulo Fonseka shogirdlari "Yuventus" darvozasiga bitta zarba yo‘lladi, "byankonerilar" esa ikki bor zarba berishdi.

"Milan" 17 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda va bir zaxira o‘yini bor. "Yuventus" 25 ochko bilan bir pog‘ona yuqorida joylashgan.

Kiritildi: 08:43, 24.11.2024.
O'qildi: 449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик