Londonning «Chelsi» klubi hujumkor yarim himoyachisi Kristofer Nkunku jamoadagi kelajagi haqida o‘ylamoqda.
Xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli fransiyalik futbolchi APLda ko‘proq o‘ynashni istamoqda. Unga Enso Mareska asosan Konferensiyalar ligasi va Angliya kubogi/Liga kubogida imkoniyat bermoqda.
Agarda kelajakda vaziyat o‘zgarmasa, Nkunku kelasi yozda klubdan ketib qolishi mumkin.