"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning Chempionlar ligasidagi o‘rnini izohladi.
To‘rt turda parijliklar bor-yo‘g‘i to‘rt ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 25-o‘rinda bormoqda. “Biz allaqachon to‘rtta o‘yin o‘tkazdik.
Ba’zi natijalar adolatsiz edi. Endi davom etishimiz uchun natijalar yaxshilanishi kerak. Biz o‘zimiz vazifamizni qiyinlashtirdik.
Futbol faqat birgina narsa bilan ko‘zga ko‘rinadi – urilgan gollar. Bu borada bizda taraqqiyot uchun yo‘l bor", dedi Enrike jurnalistlarga.