Kirish Ro'yxatdan o'tish

Indzagi: "Birgina muammo shundaki, biz ikkinchi golni ura olmadik"

Indzagi: "Birgina muammo shundaki, biz ikkinchi golni ura olmadik"

Baho:
+ | -

"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi "RB Leypsig"ga qarshi (1:0) Chempionlar ligasidagi g‘alabasi haqida o‘z fikrini aytdi. Uchrashuv taqdirini 27-daqiqada mehmonlar himoyachisi Kasello Lukeba tomonidan kiritilgan avtogol hal qildi.

"Albatta, biz xursandmiz, chunki bu uchrashuv qanchalik muhimligini bilardik. Ha, "RB Leypsig" Chempionlar ligasida nol ochkoga ega, ammo o‘tgan shanbaga qadar jamoa Bundesligada ikkinchi o‘rinda edi va eng kam gol o‘tkazib yubordi.

Biz kuchli va uyushgan raqib bilan to‘qnash keldik. Bizdan muvozanatni saqlash talab qilingandi, ammo bunday agressiv va pressingli jamoaga qarshi kurashish oson emas. Bizning asosiy muammomiz shundaki, ikkinchi golni ura olmadik, ammo darvozamiz oldida katta xavf yo‘q edi", - dedi Indzagi.

Kiritildi: 07:04, 27.11.2024.
O'qildi: 447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик