Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

OCHL-2. “Nasaf” o‘zi uyida “Kuvayt SK”ga mag‘lub bo‘ldi

OCHL-2. “Nasaf” o‘zi uyida “Kuvayt SK”ga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

OCHL-2 turnirining 5-turidan o‘rin olgan o‘yin 27 noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Nasaf” Qarshidagi “Markaziy” stadionida “Kuvayt SK”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Zoran Marushich hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim avvali – 47 daqiqada esa Yahyo Jabrane penaltidan hisobni tenglashtirdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Ahmad Ismoil gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Qarshiliklar o‘yin oxiriga qadar qanchalik harakat qilishmasin, raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Boz ustiga, qo‘shib berilgan daqiqalarda Abduvohid Ne’matov maydondan chetlatildi. U so‘nggi turda "Nasaf"ga yordam bera olmaydi.

"Nasaf" ushbu mag‘lubiyatdan keyin 4 ochko bilan "D" guruhida 4-pog‘onaga tushgan bo‘lsa, "Kuvayt SK" 5 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. "Ajdarlar" keyingi bosqichga chiqish imkoniyatni saqlab qolishi uchun hozir bo‘lib o‘tayotgan "Al-Hussayn" - "Shabab al-Ahli" o‘yinida mezbonlar g‘alaba qozonishi kerak.

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi ilk turda “Kuvayt” bilan 0:0 hisobida durang qayd etgandi. 2-turda esa “Shabob al Ahli”ni mag‘lub etgandi. 3-turda aynan “Al Husseyn”ga qarshi bahsda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. 4-turda esa “Nasaf” “Al Husseyn”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

OCHL-2, 5-tur bahsi
27 noyabr, chorshanba
“Nasaf” – “Kuvayt SK” 1:2
Gollar: 1:0 — 43 Zoran Marushich, 1:1 — 47 Yahyo Jabrane (penalti), 1:2 — 55 Ahmad Ismoil.
“Nasaf”: 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Dilshodjon Komilov, 5.G‘olib G‘aybullayev (6.Murodbek Rahmatov, 62), 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Siddiqov, 10.Bobur Abduholiqov (20.Viktor da Silva, 62), 19.Stefan Cholovich, 22.Igor Golban, 32.Zoran Marushich, 34.SHerzod Nasrullayev, 70.Jambuli Jigauri.
“Kuvayt SK”: 40.Abdulrahmon Marzuq, 2.Sami Al-Sana, 8.Ahmad Al Defiri, 9.Faysal Al Harbi, 11.Muhammad Abdulloh, 14.Amr Ahmad Ismoil, 22.Amine Abulfath, 23.Muhammad Al Rashidi, 27.Taha Yassin Kenissi, 35.Arsene Zola Kiaku, 37. Yahyo Jabrane.
Chetlatish: Abduvohid Ne’matov 90+5

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:13, 27.11.2024.
O'qildi: 1425 marta.
Fikrlar: 60 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.